“Siti”ga kelish uchun juda ko‘p mehnat qildim

  • 03.09.2026 08:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning yangi hujumchisi Iliman Ndiaye “Everton”dan transfer qilinishi haqida fikr bildirdi.

- “Manchester Siti”da o‘ynash masalasida qaror qabul qilish juda oson. Klubning so‘nggi tarixiga qarashning o‘zi kifoya – albatta, bu loyihaning bir qismi bo‘lishni xohlaysan. Menga biz qanday maqsadlarga erisha olishimiz, tarkibda men bilan birgalikda nimlarga erishishimiz mumkinligi haqida aytishdi va bu menga boshidanoq qiziq bo‘ldi. Menga “Manchester Siti”ga o‘tishdan boshqa hech narsa kerak emasdi.

Ayonki, ushbu yangi loyihaning bir qismi bo‘lishni xohlaysan. Men klubning so‘nggi vaqtlarda nimlarga erishganini ko‘rdim va bu jamoaga juda yaxshi moslasha olishimni his qilyapman.

Yangi bosqichni boshlashdan nihoyatda xursandman. Bu ajoyib lahza. Bu yerga yetib kelish uchun juda ko‘p mehnat qildim va bu imkoniyatdan nihoyatda xursandman hamda minnatdorman, - dedi Ndiaye.

Endi Ndiaye “Manchester Siti”ga o‘tganidan so‘ng o‘z maqsad va ambitsiyalari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular oddiy va tushunarli. Avvalo, futbolchi joriy mavsumda ham, kelajakda ham klubga yanada ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam berishni xohlaydi.

26 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!