“Siti”ni chempion qila oladigan uch kishining nomi aytildi
“Manchester Yunayted”ning afsonaviy himoyachisi Gari Nevill hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritmoqda va uning fikrlari muxlisu mutaxassislar e’tiborini tortib keladi.
Gari Nevill joriy mavsumda Premier-liga peshqadami “Arsenal”ni ta’qib kelayotgan “Manchester Siti”ni Angliya chempioni qila oladigan uch kishi nomini aytdi.
- “Shaharliklar”da Xosep Gvardiola, ErlingXoland va Janluiji Donnarumma bor. Ana shu uch nafar inson jamoani Premier-liga chempioni qila oladi, - dedi Gari Nevill Sky Sports efirida.
Angliya Premier-ligasining 25-turida “Manchester Siti” safarda “Liverpul”ni 2:1 hisobida mag’lubiyatga uchratganini ko’pchilik ekspertlar Xosep Gvardiola chempionlik kurashini davom ettirayotgani bilan bog’lamoqda.
Ayni paytda “Manchester Siti” ligada yetakchilik qilayotgan “Arsenal”dan olti ochkoga ortda qolmoqda va qolgan 13 ta turda chempionlik unvoni uchun kurash asosan shu ikki jamoa o’rtasida kechadi.
Fikrlar