“Siti”ning shu ikkinchi o‘yinchisidan hayratdaman!

  • 05.10.2025 18:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” yaqinda braziliyalik legioneri Savio bilan amaldagi shartnomani 2031 yilning yarmigacha uzaytirganini rasman e’lon qilgandi.

21 yoshli hujumkor futbolchi o‘zi 2024 yilning yozidan beri birga shug‘ullanib va o‘ynab kelayotgan jamoadoshlari orasida ikkitasidan hayratlanishini  aytdi.

- Tabiiyki, menga jamoamizdagilarning barchasi yoqadi. Lekin men ular orasida meni hayratga solib kelayotgan ikkitasining nomini aytishim mumkin. Bu Erling Xoland va Bernardu Silva.

Xolland masalasida hammasi tushunilarli – bu uning gollari. Men har doim u shuncha ko‘p gol urishni osonlik bilan uddalayotgani haqida bosh qotirib yuraman.

Bernarduning esa, klub tarixi bilan uyg‘unlashib ketgan faoliyati hayratlanarli darajada qadrli. U menga juda ko‘p yordam beryapti, o‘yinimni yanada yaxshilash bo‘yicha maslahatlarini ayayotgani yo‘q, - dedi Savio.

Savio aslida Braziliyaning “Atletiko Mineyro” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumkor futbolchi 2022 yili Evropaga ko‘chib o‘tganidan keyin “Trua”, “PSV Endxoven” va “Jirona”da to‘p tepgan. “Manchester Siti” iqtidorli o‘yinchini 2024 yilning yozida “Trua”dan 25 million evroga transfer qilgan edi.

O‘tgan yoz Angliya Premer-ligasining yana bir vakili “Tottenxem” Savio so‘rab, “Manchester Siti”ga ikki bor murojaat etdi. Lekin “shaharliklar” o‘yinchi bo‘yicha 50 million va 70 million evrolik takliflarni qabul qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!