Sitora Turdibekova Lin Yu-Tingga qarshi munosib jang o‘tkazdi

  • 30.09.2026 09:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Aichi-Nagoya shahrida Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda. 

-60 kg dagi hamyurtimiz Sitora Turdibekova xitoy taypelik oʻsha "mashhur" bokschi Lin Yu-Ting bilan final yoʻllanmasi uchun bahs olib bordi. Hamyurtimiz butun bahs davomida faol harakat qilganiga qaramay, hakamlar negadir ochkolar boʻyicha ustunlikni Yu-Tingga berib yubordi. Yakuniy hisob 0:5. Sitora Turdibekova – bronza medal sohibasi!

Eslatib oʻtamiz, bizni oldinda yana bir charm qoʻlqop ustamiz Shavkatjon Boltaev va Torexan Sabirxon (Qozogʻiston) toʻqnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!