Sitora Turdibekova: "Undan revansh olaman!”
Bir necha kun avval, kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakunlandi. Qizlar oʻrtasida -60 kg vazn toifasida kutilganidek Sitora Turdibekova yana bir bor chempion boʻldi. Oʻzbekiston boks federatsiyasi Sitora bilan qisqacha suhbat qurdi. Quyida ushbu intervyuni sizga havola etamiz.
- Sitora bu galgi Oʻzbekiston chempionatidan taassurotlar qanday?
- Har doimgidek ajoyib yana chempion boʻldim.
- Chempionlikka osonlikcha erishilmadi, nazarimda...?
- Albatta, raqobat juda kuchayib bormoqda. Yoshlar oʻsib kelyapti.
- Eng qiyin jang qaysi boʻldi?
- Final jangi. Raqibam Sevara Mamatova ancha yaxshi tayyorgarlik koʻrgan ekan.
-Umuman xalqaro musobaqalardagi eng noqulay raqibangiz deya kimni ayta olasiz?
- Qozogʻistonlik Viktoriya Grafeeva.Unga bir necha bor imkoniyatni boy berganman. Bu safar undan revansh olishga harakat qilaman.
- Umuman Viktoriya bilan munosabatlaringiz qanday?
- Juda zoʻr. Koʻp muloqotda boʻlamiz.
- Bu yil sizga omadli kelishiga umid qilamiz!
- Rahmat.
Fikrlar