Sitora Turdibekova yarim finalga yo‘l oldi!

  • 28.09.2026 13:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Aichi-Nagoya shahrida Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda. 

- 60 kg vazn toifasidagi vakilamiz Sitora Turdibekova chorak final bosqichida moʻgʻulistonlik Namuun Monxorga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan qarama-qarshilikda Turdibekova 3:2 hisobidagi muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi va yarim finalga yoʻl oldi. Endi u yarim finalda Olimpiada chempioni xitoy taypeyilik Lin Yu Tingga qarshi jang qiladi.

Eslatib oʻtamiz, bizni oldinda yana bir charm qoʻlqop ustamiz Toʻrabek Xabibullaev va Nurbek Oralbay (Qozogʻiston) oʻrtasidagi super jang kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!