Skaloni: "Bu bosqichda oson raqib bo‘lmaydi"
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Jahon chempionati 1/16 finalida Kabo-Verde ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.
⠀
Argentina keyingi bosqich yo‘llanmasini faqat qo‘shimcha vaqtda hal qildi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, ekstra-taymlarda jamoalar yana uchta gol urdi.
⠀
"Bugungi o‘yindagi salbiy jihatlar haqida futbolchilar bilan albatta gaplashaman. Ammo eng muhimi, jamoa hech qachon taslim bo‘lmadi. Bu bosqichda oson raqib bo‘lmaydi.
⠀
Kabo-Verdеni ajoyib o‘yini bilan tabriklayman. Ko‘pchilik Argentinaning oson g‘alabasini kutgan bo‘lishi mumkin, ammo bu qiyin uchrashuv bo‘lishini eng avval biz o‘zimiz yaxshi bilardik.
⠀
Yaxshi o‘ynadikmi yoki yo‘qmi, bu haqida bahs qilish mumkin. Biroq futbolchilar hal qiluvchi vaziyatlarda mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishdan qo‘rqishmadi va o‘yinni nazorat qilishga harakat qilishdi", — dedi Skaloni.
⠀
Argentina terma jamoasi 1/8 finalda Misrga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar