
Skaloniga etadigani topilmadi
"IFFHS" (Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi) o‘tgan yilning eng yaxshi terma jamoa murabbiylarini e’tirof etdi.
Reytingda birinchi o‘rinni Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni egalladi. Ushbu mutaxassis boshchiligida jamoa Qatardagi jahon chempionatida g‘olib chiqqanidan xabaringiz bor.
Ikkinchi o‘rinni Frantsiya terma jamoasi ustozi Dide Desham egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikdan Marokash termasi murabbiyi Volid Regragi joy oldi.
Ushbu reytingning top o‘nligiga shuningdek, Zlatko Dalich, Xajime Moriyasu, Lui van Gal, Gregg Berxalter, Erve Renar, Tite va Paulo Bento ham kirgan.
Fikrlar