Skott Maktominey APLga qaytishi mumkin

  • 21.11.2025 16:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" yarim himoyachisi Skott MAktominey yana Angliya Premer-ligasida faoliyat olib borishi mumkin.

"Team Talk" nashri bergan xabarga ko‘ra, shotlandiyalik futbolchining xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Neapol klubi Skottni jamoada muhim futbolchilaridan biri ekanini inobatga olgan holda, 80 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Futbolchining "Transfermarkt"dagi narhi esa 50 million evro etib belgilangan. Maktomineyning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi. 

Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 14 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!