Slot: "MYu bilan o‘yin butun dunyo tomosha qiladigan bahs bo‘ladi"

  • 17 oktabr, 14:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Ushbu jamoalar 19 oktyabr kuni APLning 9-turidan o‘rin olgan bahsda kuch sinashadi.

Tecno

"APLda har bir o‘yinni intiqlik bilan kutaman, lekin "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs boshqacha bo‘lishi aniq. Bu o‘yin naqadar maxsus ekanini yaxshi bilaman.

Bu, ehtimol, butun dunyo bo‘ylab eng ko‘p tomosha qilinadigan bahslardan biri. Shuning uchun uning bir qismi bo‘lish — juda yoqimli. Biz maydonda qo‘limizdan kelgan barcha narsani ko‘rsatishimiz shart.

"Manchester Yunayted"ning mavsum boshidagi o‘yinlari jadvaldagi mavqeidan yaxshiroq ko‘rinish bermoqda. Shu bois, bu o‘yin qiziqarli kechadi. Ayniqsa, "Enfild"da bo‘ladigani bilan yanada muhimi.

Bizga muxlislar har doim ishongan — men kelganimdan ancha avvaldan. Ular jamoa ketma-ket uch o‘yinda mag‘lub bo‘lganini biladi, shuning uchun biz tayyor bo‘lishimiz kerak. Ular yordam berishadi — men bunga ishonaman", – deya bo‘lajak o‘yinni tasvirlab o‘tdi mersisaydliklar mutaxassisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!