Slot Salohni tarkibga qaytardi, lekin ziddiyat barham
Bu haqda Daily Mail xabar tarqatdi.
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot va hujumchi Muhammad Saloh o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat ijobiy o‘tgan va uning yakunida murabbiy hamda futbolchi bir biriga qo‘l berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu suhbatdan keyin Saloh APL doirasida “Brayton”ga qarshi o‘yinda tarkibga qaytishiga ruxsat berildi. Biroq ziddiyat to‘liq hal etilmagani aytilmoqda.
Afrika millatlar kubogi vaqtida futbolchining va klubning vakillari qo‘shimcha muzokaralar olib boradi.
Shuningdek, Slot va Saloh o‘rtasidagi muloqotdan keyin hujumchining qishda jamoani tark etish ehtimoli kamaygani ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, misrlik vinger «Liverpul»ning so‘nggi to‘rt o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushmagan. O‘tgan dam olish kunlari “Lids”ga qarshi o‘yinda zaxirada qoldirilganidan so‘ng, Saloh klub va murabbiyni asossiz ravishda o‘yin vaqti bermayotganini tanqid qilgan edi. Natijada u Chempionlar ligasining 6-turida “Inter”ga qarshi o‘tkazilgan g‘alaba o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Fikrlar