
Slot: "Trent bor diqqatini tiklanishga qaratgan"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jarohat olgan angliyalik yarim himoyachi hisoblangan Trent-Aleksandr Arnold haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, uning kelajaki bo‘yicha gapirdi.
"Trentdagi vaziyat? U afsuski jarohat olgan. Shu bilan birga, Arnold hozirgi kunda butun diqqatini tiklanishga qaratgan.
"Real Madrid? Biz hech qachon tashqi muzokaralarga e’tibor qaratmaganmiz" - deya qisqa javob berib o‘tdi niderlandiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, o‘ng qanot himoyachisining shartnomasi joriy mavsum yakuniga etadi, agar mersesaydliklar bilan shartnoma imzolamasa, erkin agentga aylanadi. Shu sababli, so‘nggi kunlarda uning Madridning "Real" klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Fikrlar