Slot: "Virts hisobida allaqachon 6–7 ta golli pas bo‘lishi kerak edi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Florian Virtsni qo‘llab-quvvatladi. "Bayer"dan yozda 116 million funt evaziga sotib olingan yarim himoyachi mersisaydliklar safida 10 ta o‘yinda faqat bitta golli pas qayd etgan.
"U sheriklariga juda ko‘p yaxshi paslar berdi. Masalan, “Chelsi”ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgach, Muhammad Saloxga a’lo uzatma berdi. Oddatda Salox shunday vaziyatlarda 100 ta holatdan 99 tasida gol uradi. Yoki uning “Atletiko”ga qarshi o‘yinda darvoza ustuniga teggan zarbasi ham Florianning uzatmasidan keyin bo‘lgan edi.
Futbolchi shuncha pulga sotib olinganida, odamlar avvalambor gollar va assistlarga qaraydi. Ammo men ayta olamanki, Florianning hisobida allaqachon 6–7 ta golli pas bo‘lishi kerak edi — sheriklar uning uzatmalaridan foydalanolmayapti"
Umuman olganda, 22 yoshli futbolchiga yangi mamlakatga moslashish tabiiy jarayon. Ayniqsa, gap Angliya Premer-ligasi haqida ketar ekan", — dedi Arne Slot.
Ma’lumot uchun, "qizillar" APLning 8-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30'da start oladi.

Fikrlar