Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Soʻnggi uchrashuv! Portugaliya terma jamoasi rahbariyati Ronalduni bilan muzokara boshlaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Federatsiya harakatga tushib qoldi

Portugaliya Futbol federatsiyasi milliy jamoa tarkibidagi faoliyatiga yakun yasash arafasida turgan besh karra "Oltin toʻp" sohibi Krishtianu Ronaldu uchun maxsus xayrlashuv oʻyini oʻtkazish masalasini muhokama qilmoqda. 

Bu haqida Notcias ao Minuto portali fransuz nashri L`Equipe maʼlumotiga tayanib xabar berdi.

Avvalroq TASS xabariga koʻra, Ronaldu Millatlar ligasi guruh bosqichi uchinchi turida Daniyaga qarshi bahs (4:2) oldidan Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi. Hujumchi bu qaror sabablarini kelajakda ochiqlashini aytgan. U shuningdek, ikkinchi turda Norvegiyaga qarshi oʻyinda (2:1) ham maydonga tushmagan. Portugaliya Futbol federatsiyasi vakillari kelasi hafta Ronaldu bilan uchrashib, uni milliy jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan yaqinlashtirishga urinishi kutilmoqda.

Ronaldu 41 yoshda. U besh marta Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan, Yevropa chempioni unvonini qoʻlga kiritgan, ikki bor Millatlar ligasida zafar quchgan. U milliy terma jamoalar, Yevropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatlari tarixida eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida bir qator rekordlarga ega. 2022 yil dekabridan buyon Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasida toʻp surmoqda. Karyerasi davomida "Sporting",  "Manchester Yunayted", "Real" va "Yuventus" klublari sharafini ham himoya qilgan. Ronaldu hisobida umumiy hisobda 979 gol bor, shundan 146 tasi — terma jamoa, 833 tasi esa klublar tarkibida urilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q