Sobiq murabbiy: Messi va Ronaldu futbolchi emas, ular...

  • 22 fevral, 21:08
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning "Spartak" klubi sobiq murabbiyi Valeriy Gladilin Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni biznesmenlar deb atadi.

Bundan tashqari, mutaxassis ikkala futbolchi ham ulkan boylikka ega ekanligini ta’kidladi.

- Menimcha, ular biznes bilan shug‘ullanishadi. Futbolchilik faoliyati ular uchun allaqachon bosib o‘tilgan bosqich, - dedi sobiq murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Messi MLSda "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda. 23 fevral kuni argentinalik futbolchining klubi yangi mavsumda "Nyu-York Siti"ga qarshi maydonga tushadi. Ronaldu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida o‘ynashda davom etmoqda. Joriy mavsumda portugaliyalik 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Ayni paytda Krishtianu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi va o‘z rekordini yangilashda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!