Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Sobiq «PSJ» futbolchisi: «Mourin'yo «Real»ga faqat pul uchun kelgan»

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Jerom Roten Madrid derbisida 1:2 mag‘lubiyatdan so‘ng Joze Mourinyoni «Real»da hech narsani o‘zgartirmaganlikda keskin tanqid qildi.

«PSJ» va Frantsiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, hozirda futbol bo‘yicha ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Jyerom Roten Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinoning ish uslubini keskin tanqid qildi.

Rotenning ta’kidlashicha, portugalialik mutaxassis «qirollik klubi»da deyarli hech narsani o‘zgartirmagan. Unga ko‘ra, Mourinyo Madrid derbisi oldidan «Real» futbolchilarining ruhiyatiga ta’sir o‘tkazishga, ularni bahsga ruhan tayyorlashga qodir bo‘lmagan.

«„Atletiko“ futbolchilari maydonga chiqqanda g‘alabaga chanqoq, jonkuyaр holda o‘ynashdi. „Real“da esa bunday kayfiyat sezilmadi. Mourinyo g‘oyoki faqat chek olish uchungina kelgandek tuyuldi», – deya qo‘shimcha qildi Roten.

Eslatib o‘tamiz, Madrid derbisida «Real» «Atletiko»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Deyarli butun ikkinchi bo‘limni «qirollik klubi» bir o‘yinchi kamlikda o‘tkazdi — himoyachi Dina Heysen maydondan chetlatildi. Hozirgi paytda «Real» La Liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q