Sobiq UFC chempioni ajoyib taklif bilan chiqdi

  • 2 sentabr, 2024, 15:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Super engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jessika Andrade (26-12) ayollar o‘rtasida BMF unvonini joriy etishga chaqirdi.

"Men Yoanna bilan gaplashdim. Agar BMF kamari tashkil etilsa, u yana oktagonga qaytishga tayyor. Enjeychik u 57 kg vazn toifasida kurashmoqchi va bu men uchun ham juda yaxshi bo‘lardi...Bundan tashqari, hech qachon jangdan bosh tortmaydigan va hamma bilan tom ma’noda kurashadigan Anjela Xill va Valentina Shevchenko ham bor. Barcha variantlar yaxshi, ammo Enjeychik bilan jang chindan ham o‘zgacha o‘tadi...O‘ylaymanki, agar biz jang qilsak, aql bovar qilmaydigan shou ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilamiz. Yakunda esa men mag‘lubiyatim uchun o‘ch olaman”, — deya so‘zlarini yakunladi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, Yoanna Enjeychik 2022 yilning iyun oyida "UFC 275" turnirida xitoylik Veyli Chjanga (25:3) nokaut evaziga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!