Soboslai: "Kelajakda nima bo‘lishini ko‘ramiz"
"Liverpul"ning ayni vaqtdagi eng yaxshi futbolchisi Dominik Soboslay kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.
"Gap so‘zlar doimo bo‘ladi. OAV vakillari jamoatchilik uchun ko‘p narsalarni bo‘rtirib ko‘rsatyapti va buni davom ettiryapti, sababi bu ularning ishi. "Liverpul" bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, lekin hech qanday qaror qabul qilinmadi. Taraqqiyot bor, lekin hali yechim yo‘q. Har o‘yinda va mashg‘ulotlarda jamoam va muxlislar uchun borimni berishga harakat qilyapman. Kelajakda nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi", - dedi vengriyalik yarim himoyachi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli havbekning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.
Fikrlar