
Sofyan Amrabat Ispaniya klubi bilan shartnoma imzoladi
Marokashlik yarim himoyachi Sofyan Amrabat "Fenerbaxche"dan "Betis"ga ijara asosida yo‘l oldi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, kelishuvda sotib olish imkoni nazarda tutilmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, 29 yoshli futbolchining o‘zi ham aynan "Betis"ga o‘tishni xohlagan.
Amrabat o‘tgan mavsum Turkiya chempionatida 26 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 3 golli uzatma yo‘lladi.
Fikrlar