
"So‘g‘diyona" - "Andijon" uchrashuvini Hasan Ro‘ziev boshqarib boradi
Bugun Superliga 8-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Andijon" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ma’lum bo‘ldi.
Bugungi uchrashuvni quyidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi:
Bosh hakam: Hasan Ro‘ziev,
Qanot hakamlari: Olim Abduvasilov, Temur Gaynullin
Zaxira hakami: Naim Qosimov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.
Uchrashuv komissari: Sardor Qudratullaev.
Eslatib o‘tamiz, bellashuv 18:45da boshlanadi. "Sport" telekanali uchrashuvni jonli efirda namoyish etadi.
Fikrlar