"So‘g‘diyona" - "Paxtakor": Jizzaxdagi o‘yinlarda ham "sherlar" ustun
Xabaringiz bor "Paxtakor" Superliganing 6-turida Jizzaxda "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘ladi.
Chempionlar Ligasi uchrashuvidan so‘ng Toshkentga qaytib kelgan "sherlar" Jizzaxdagi o‘yingacha uch kun davomida mashg‘ulotlarni "Jar" stadionida o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
"So‘g‘diyona" va "Paxtakor" O‘zbekiston chempionatlari tarixida 46 bor to‘qnash kelgan. Ularning 38tasida "Sherlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 4tadan bellashuvda durang va yana shuncha o‘yinda jizzaxliklar g‘alabasi kuzatilgan.
"Paxtakor" raqib darvozasiga 118ta gol urib, 37 to‘p o‘tkazib yuboran. Jizzaxdagi o‘yinlarning 17tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatga erishgan. Uch martadan esa mezbonlarning qo‘li baland kelgan va bir marta durang natija qayd etilgan. Jizzaxda "sherlar" oxirgi marta 2011 yil gol o‘tkazgan. 2013 yil esa 0:0 hisobida tugagan uchrashuvda "So‘g‘diyona" uydagi oxirgi ochkosini qo‘lga kiritgan. Safardagi so‘nggi 4 bahsda "Paxtakor" gol o‘tkazmasdan g‘alabaga erishgan.
Jamoalar tarkibida diskvalifikatsiya sababli yuzaga kelgan yo‘qotishlar mavjud emas. "Paxtakor"da Sadriddin Abdullaev jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi.
"So‘g‘diyona" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 27 aprel, shanba kuni "So‘g‘diyona" stadionida soat 19:35da boshlanadi. O‘yin "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Fikrlar