"So‘g‘diyona" ertaga OFK Kubogida ishtirok etish uchun Tojikistonga jo‘nab ketadi

  • 21.06.2022 23:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

Xabaringiz bor, Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi ilk bor OFK Kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi. O‘yinlar Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi klub ertaga soat 8:00 da Toshkent xalqaro aeroportidan Dushanbega jo‘nab ketadi.

Eslatib o‘tamiz, jizzaxliklar “E” guruhidan joy olgan bo‘lib, “Neftchi” (Qirg‘iziston), TsSKA (Tojikiston) va “Oltin Asr” (Turkmaniston) jamoalari bilan bellashadi.

“So‘g‘diyona” ilk uchrashuvini 24 iyun sanasida “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
22/06/2022 00:00
omad.