“So‘g‘diyona” OFK kubogi tayyorgarligi sabab 2 ta uchrashuv sanasi masalasida taklif bilan chiqdi

  • 24 avgust, 2022, 13:02
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi OFK kubogining chorak finaliga qadar etib keldi. 6 sentyabr kuni Ulug‘bek Baqoev jamoasi o‘z uyida "Istern" klubini qabul qiladi.

Taqvim tuzilayotgan bir vaqtda O‘zPFL Jizzax klubining chorak finalda ehtimoliy to‘p surishini inobatga olgan. Biroq bu vaqtda milliy terma jamoaning sentyabr oyidagi rejalariga aniqlik kiritilmagani sabab, Superliganing 19-tur uchrashuvlari FIFA sanasigacha taqab qo‘yilmagandi.

Ma’lumki, milliy terma jamoaning sentyabr oyidagi o‘yinlari sanasi hozirgacha aniq emas. “So‘g‘diyona” esa OFK kubogi sabab zichlik yuzaga kelayotgan taqvimida biroz engillik olish istagini bildirgan. O‘zPFL vaziyatdan kelib chiqib, xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan jamoa taklifiga rozilik bildirdi. Unga ko‘ra, Jizzax klubining “Neftchi”ga qarshi 16-turdan qolib kelayotgan o‘yini 13 emas, balki 14 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. O‘z-o‘zidan chempionatning 19-turidan joy olgan “Metallurg” — “So‘g‘diyona” hamda “Neftchi” - “Dinamo” o‘yinlari 18 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
24/08/2022 13:26
Сугдиёна молодец.