"So‘g‘diyona" safiga Nigeriya U-23 terma jamoasida to‘p surgan hujumchi qo‘shiladi

  • 08.12.2022 13:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

“So‘g‘diyona” tarkibida yangi futbolchilar paydo bo‘lishi shubhasiz. Chunki hozirda klub bir qator o‘yinchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Yaqinda jamoa bosh murabbiyi Yorqin Nazarovning Sports.uz saytiga bergan intervyusida xorijdan legioner hujumchi taklif qilish rejasi borligi xususida aytib o‘tgandi.

Saytimiz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning ushbu masala bo‘yicha olib borgan surishtiruvlariga qaraganda, chindan ham “So‘g‘diyona” yangi legioner bilan muzokaralarga kirishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Nigeriya U-23 terma jamoasida to‘p surgan hujumchi qishki yig‘inda jizzaxliklar mashg‘ulotiga qo‘shiladi.

Bundan tashqari, tarkibda yana yangi nomlar paydo bo‘ladi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

"So‘g‘diyona" Turkiyada yig‘in o‘tkazadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
08/12/2022 16:42
Номларини хам ёзиб чикаринглар. Болгариялик хужумчи ва ярим химоячи хакида хам ма'лумот беринглар.