
"So‘g‘diyona" Turkiyada yig‘in o‘tkazadi
Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi ayni paytda ta’tilda. Bosh murabbiy Yorqin Nazarov yangi mavsum uchun rejalarni ishlab chiqqan bo‘lib, tayyorgarlikning dastlabki bosqichlari bizga ma’lum bo‘ldi.
“So‘g‘diyona” jamoasi ilk yig‘inni 10 dekabrdan o‘z qarorgohida boshlaydi. Yangi yil bayramigacha mashg‘ulotlar Jizzaxda olib boriladi. Yanvardan esa tayyorgarlik bosqichi Toshkentda davom ettiriladi.
Shuningdek, jizzaxliklarning rejasidan xorij yig‘ini sifatida Turkiyada ham o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish o‘rin olgan.
Fikrlar