
"So‘g‘diyona" Turkiyadagi oxirgi bahsda yutqazdi
Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi bugun Turkiyadagi so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Qozog‘istonning “Kaspiy” jamoasiga qarshi o‘tgan nazorat o‘yinida jizzaxliklar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Ulug‘bek Baqoev jamoasidan yagona golga Bobur Farhodov mualliflik qildi. Shu bilan “So‘g‘diyona”ning Turkiyadagi yig‘ini yakuniga etdi.
"So‘g‘diyona"ning nazorat uchrashuvida qayd etgan natijalari:
"Dnepr" (Ukraina) - 1:1
"Akron" (Rossiya) - 3:2
"Minay" (Ukraina) - 0:1
Fikrlar