
"So‘g‘diyona" va "Buxoro" umumiy hisobda 50 marotoba to‘qnash kelishgan!
Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi "Buxoro" keyingi turni safarda “So‘g‘diyona” klubiga qarshi o‘tkazadi. O‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, kichik ustunlik buxoroliklar tomonida.
Ushbu jamoalar hozirgacha umumiy hisobda 50 marotoba to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 23 tasida “Buxoro”, 20 bahsda esa jizzaxliklarning qo‘li baland kelgan. Qolgan 7 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik "So‘g‘diyona" foydasiga 74:69.
Tomonlarning birinchi davradagi bahsida “bo‘rilar” ning qo‘li baland kelgan 0:2.
Jizzaxda o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv natijasi bilan tanishing:
07.07.20. "So‘g‘diyona" 3:1 "Buxoro"
26.05.19. "So‘g‘diyona" 2:0 "Buxoro"
12.07.18. "So‘g‘diyona" 3:0 "Buxoro"
25.06.17. "So‘g‘diyona" 1:2 "Buxoro"
30.05.17. "So‘g‘diyona" 0:3 "Buxoro".
Fikrlar