"So'g'diyona"ning o'rtoqlik o'yinida 7 ta gol urildi
Bugun "So‘g‘diyona" 2026 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Klub matbuot xizmatining yozishicha, jamoa a'zolari "So‘g‘diyona" futbol akademiyasi maydonida Gulistonning "Guliston" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
O‘rtoqlik maqomida kechgan, ammo yuqori sur'at va keskin vaziyatlarga boy bahsda "So‘g‘diyona" 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv davomida murabbiylar shtabi yosh futbolchilar hamda jamoaga endigina kelib qo‘shilgan yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazib, ularning jamoaviy va individual imkoniyatlarini baholash imkoniga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Ivan Boshkovich boshchiligidagi "So‘g‘diyona" jamoasi 21 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oladi. Jamoa mavsumoldi tayyorgarligining ikkinchi bosqichini aynan Antaliyada davom ettiradi.
Fikrlar