
Solari nega Iskoni asosiy tarkibda tushirmayotganini izohladi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari nega Isko asosiy tarkibda tushayotganini aytdi.
“Biz hamma masalani jamoa ichida hal qilamiz. Futbolchi asosiy tarkibga kirishi uchun o‘z jismoniy holatini yaxshilashi va uni doimo saqlab turishi kerak”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Isko Solari jamoaga kelgandan buyon biror marta ham asosiy tarkibda maydonga tushgani yo‘q.
Fikrlar