Son Hyun Min “Orlando”ga qarshi o‘yinda 4 ta golli uzatma bilan tarix yozdi
"Los-Anjeles" klubi yarim himoyachisi Son Hyon Min MLS doirasida tarixiy natija qayd etdi.
Janubiy Koreyalik futbolchi "Orlando"ga qarshi uchrashuvda (6:0) bir taym ichida 4 ta golli pas berdi. Bu natija MLS tarixida faqat ikkinchi marta kuzatilmoqda: avval bu natijaga 2024 yilda Lionel Messi erishgan edi.
Joriy 2026 yildgi mavsumda Son Hyon Min barcha turnirlarda jami 10 ta assist muallifiga aylandi.
Fikrlar