So‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutilib qolgan Xavi o‘z debutini baholadi

  • 25.09.2026 07:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavi UEFA Millatlar ligasi A ligasi 2-guruh 1-turida Germaniyaga qarshi uchrashuvda qayd etilgan durang haqida fikr bildirdi.

Ushbu uchrashuvda nemislar hisobda oldinda borayotgan edi. Biroq Kodi Gakponing o‘yin yakunlanishi arafasidagi goli Xavi shogirdlarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

- Men mamnunman, chunki jamoamiz juda yaxshi o‘ynadi. Rostini aytsam, bugun Germaniya terma jamoasidan ustunroq edik va ko‘proq narsaga loyiq edik.

Ayniqsa, ikkinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik. O‘z futbolimizni namoyish etganimizdan juda xursandman, - deya Xavining so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltiradi.

Bu uchrashuv Germaniya va Niderlandiya terma jamoalarining yangi bosh murabbiylari – Yurgen Klopp va Xavi uchun ushbu lavozimdagi ilk o‘yin bo‘ldi.

Millatlar ligasining 2-turida Niderlandiya 27 sentabr kuni safarda Serbiya bilan o‘ynaydi. Shu kuni Germaniya o‘z maydonida Gretsiyani qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!