So‘nggi turda gol urgan Shomurodov va assist qayd etgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi?

  • 17.05.2026 01:10
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya Superligasining 34-turida “Istanbul Boshakshehir” safarda “Gaziantеp”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Mazkur bahsda Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shomurodov penaltiidan gol urgan bo‘lsa, Fayzullaev o‘z hisobida bitta assist qayd etdi.

Uchrashuvdan so‘ng bir qator statistik portallar hamyurtimizlarimizning harakatlarini baholadi. Jumladan, “Fotmob” Eldorga 7.8 ball, Abbosga esa 7.7 ball qo‘ygan bo‘lsa, “Sofascore” terma jamoamiz hujumchisiga 7.1, yarim himoyachisiga esa 7.3 ball berdi. Shuningdek, “Flashscore” Shomurodovning o‘yini 7.3, Fayzullaevning harakatlarini esa 7.6 ballga munosib ko‘rdi.

Ma’lumot uchun, istanbulliklar mavsumni 57 ochko bilan 5-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!