
Sotilmaydigan o‘yinchi bo‘lmaydi. Angliya grandlari Lamin Yamalni olib ketmoqchi
“Barselona”ning 17 yoshli futbolchisi Lamin Yamal butun faoliyatini Kataloniyada o‘tkazishga tayyor ekanini bildirgan.
Biroq jurnalist Migel Dilanining ma’lum qilishicha, Angliya Premer-ligasi grandlaridan “Arsenal” va “Liverpul” Yamalni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Angliya klublari “Barselona”ning moliyaviy ahvolini inobatga olib, kataloniyaliklar tez orada o‘zlarining eng qimmatbaho yulduzlaridan birini sotib yuborishiga ishonch bilan qaramoqda.
Ana shu o‘yinchilar Laminya Yamal, Gavi va Pedri bo‘lishi mumkin.
Ekspertlar Lamin Yamalni transfer qilish deyarli imkonsiz ekanini ta’kidlamoqda. Chunki Kataloniya superklubi bu o‘yinchini yozda nomi sir tutilgan klubga 250 million evroga sotamagani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Boshqa tomondan bundan ikki-uch yil muqaddam “Barselona” Ansu Fatini “Manchester Yunayted”ga 200 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga ham qo‘yib yubormagan. Fati tez orada ketma-ket jarohat oldi va bugungi kunda narxi keskin pasayib ketgan o‘yinchiga aylanib qolgan. “Barselona” esa, shu tariqa qimmatbaho aktividan foydalana olmay qolgan.
Fikrlar