"Spartak" bosh murabbiyi: Bizda Bakaev, Kokorin, O‘runov bor!

  • 22 noyabr, 2020, 06:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi 15-turidan o‘rin olgan "Dinamo"ga qarshi o‘yindan so‘ng, "Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko yarim himoyachilarning o‘yinlari haqida gapirdi.

Tecno

- Sizningcha, "Spartak"ga qishda yangi "o‘ninchi raqam" kerakmi?

"Yana qancha "o‘ninchi raqam"li futbolchi kerak? Bizda Bakaev, Kokorin, O‘runov bor. Ignatov va Markitesov ushbu pozitsiyada o‘ynashi mumkin. Siz tarkib muvozanatini saqlashingiz kerak va bitta pozitsiya uchun ko‘p o‘yinchi sotib ololmaysiz. Aks holda, ba’zi futbolchilar zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib, norozilik bildiradi.

-Tanaffus paytida futbolchilarga nima dedingiz? Ular ikkinchi bo‘limni ancha yaxshi o‘tkazdi.

"Birinchi taymda biz juda yaxshi o‘ynadik, ammo so‘nggi pallada to‘g‘ri qaror qabul qilolmadik. Ikkinchi bo‘limda esa, "Dinamo" jamoasining bosimi bizga katta ta’sir ko‘rsatdi",-dedi Tedesko

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!