“Spartak” Gazizovdan nega voz kechganining asl sababini oshkor qildi. O‘runov transferining daxli yo‘q!

  • 9 dekabr, 2020, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning iyul oyida “Spartak” bosh direktorligiga tayinlangan Shamil Gazizov rasman ishdan ketdi.

Ko‘pchilik uning ketishini yozgi transferlar mavsumida muvaffaqiyatga erisha olmaganiga bog‘layotgan edi. Xususan, yozda faqat “Ufa”dan  o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovni transfer huquqini sotib olish uchun pul sarflandi. Bu transfer uchun Gazizovnihamon tanqid qilishmoqda.

Shuningdek, Shamil Gazizov qaroriga ko‘ra, Aleksandr Kokorin erkin agent sifatida qabul qilingan bo‘lsa, Viktor Mozes “Chelsi”dan ijaraga olindi.  

“Spartak”ning kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Anton Fetisov Shamil Gazizov aslida nega ishdan olinganini quyidagicha izohladi:

- Shamil Gazizov “Spartak” aktsionerlari ko‘rib chiqishi uchun klubni strategik rivojlantirishga oid o‘z qarashlari va rejalarini taqdim eta olmadi, - dedi Fetisov.

Avvalroq, Moskva klubida qayta tiklangan sport direktori lavozimiga Dmitriy Popov tayinlanib, Gazizovning asosiy vakolatlari unga o‘tkazilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!