"Spartak" tayyor g‘alabani boy berdi (video)

  • 30.04.2019 07:05
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol

Moskvaning "Spartak" klubi bu tur o‘z maydonida "Rubin"ni qabul qildi va "Otkritie Arena"da kechgan mazkur uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. Dastavval 23-daqiqada Lukas Fernando hisobni ochdi. Bunga esa bellashuv so‘nggida Ivan Sorokin javob qaytardi.

Shu tariqa moskvaliklar hisobidagi ochkolar soni 40 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Qozon klubi esa 32 ochko bilan 11-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!