"Spartak" va "Lokomotiv" futbolchilarida koronavirus aniqlandi
Rossiya milliy terma jamoasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoaning ikki nafar futbolchisi koronavirus yuqtirib olgan.
"Test natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, Georgiy Jikiya hamda Marinato Gilerme topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Ayni paytda, boshqa tahlil natijalari ham o‘rganilmoqda. Har ikki futbolchi izolyatsiyaga olingan va har kuni qayta test topshiradi. Ularda hech qanday simptomlar yo‘q hamda o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.
Jamoaning boshqa a’zolaridan qo‘shimcha test olish jarayoni boshlab yuborilgan. Avvalgi test tahlillari manfiy natija bergan edi", deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Jikiya RPL 10-turidan o‘rin olgan "Spartak" - "Zenit" bahsida to‘liq harakat qilgandi. Shuningdek, Gilerme ham "Ximki" jamoasiga qarshi 90 daqiqa o‘ynagan.
Fikrlar