Sport kurashlari. Alisher G‘aniev — jahon chempioni!

CHERY AUTO

 

Tecno

Albaniya poytaxti Tirana shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionatidan xushxabar. -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher G‘aniev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, yurtdoshimiz finalda neytral maqomdagi sportchi Dinislam Bammatovga qarshi gilamga chiqdi. Murosasiz bahs polvonimizning 8:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va G‘aniev terma jamoamizga ilk medalni taqdim qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!