"Sport" TV bugun turning ilk uchrashuvi - "Andijon" va "Paxtakor" bahsini jonli efirda ko‘rsatmaydi

  • 16.05.2019 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bugun Coca-Cola Superliganing 9-turi start oladi. Turning ilk uchrashuvi “Andijon” va “Paxtakor” o‘rtasida kechadi.

Ta’kidlash kerakki, uchrashuvga bir kun qolganda o‘yin o‘tkaziladigan joy o‘zgardi. Ushbu bahs avval aytilganidek “Sog‘lom Avlod”da emas, balki Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Bizga etib kelgan ma’lumotlarga qaraganda “Sport” telekanali turning ilk bahsini jonli efirda namoyish etmaydi. Yozib olingan holda ko‘rsatilishi ham hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” ortda qolgan sakkizta turdan so‘ng 20 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Hisobida 7 ochko bo‘lgan “Andijon” esa 12-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Paxtakor” bahsi soat 18:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!