Sportchimiz rekord darajada uzoqqa uchdi va oltin medal oldi
O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan engil atletikachi Sharifa Davronova Aichi va Nagoya shaharlarida (Yaponiya) o‘tayotgan 2026 yildgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston vakili uch xatlab sakrash bo‘yicha final bahsida ishtirok etib, 14,35 metr natijani qayd etdi. Bu ko‘rsatkich sportchining shaxsiy rekordi sifatida tarixga kirdi va unga Osiyo o‘yinlarining yuqori pog‘onasiga ko‘tarilish imkonini berdi.
Shu tariqa Davronova o‘z faoliyatida ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Kumush medalni Xitoy sportchisi Xuan Inyin qo‘lga kiritdi. U 14,12 metrga sakrab, o‘z shaxsiy rekordini takrorladi. Uning hamyurt dosh Li I 13,83 metr natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Sharifa Davronova esa eng yaqin raqibasini 23 santimetrga ortda qoldirdi.

Fikrlar