SPORTS.uz adashmadi. "Lokomotiv" "Bunyodkor" darvozaboni bilan shartnoma imzoladi

  • 11 yanvar, 2021, 15:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq, "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov yangi mavsumni "Lokomotiv"da o‘tkazishi haqida saytimizda xabar berib o‘tgan edik.

Tecno

Bugun "temiryo‘lchilar" matbuot xizmati 26 yoshli posbon "Lokomotiv"  bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

O‘tgan ikki yilni "Bunyodkor" tarkibida o‘tkazgan iqtidorli darvozabon yangi mavsumdan boshlab, "temiryo‘lchilar" darvozasini qo‘riqlaydi.

Ma’lumot uchun, Abdumavlon Abdujalilov 1994 yil 22 dekabrda tug‘ilgan. O‘zbekiston chempionatidagi ilk mavusumini 2016 yil "Neftchi"da o‘tkazgan. 2016-2018 yillar mobaynida farg‘onaliklar darvozasi qo‘riqlagan Abdujalilov, "Bunyodkor"ga yo‘l olib, ikki mavsum davomida ushbu jamoada to‘p tepdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!