Srechko Katanets: Avval bu uyat hisoblanardi

  • 29 mart, 2022, 21:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navruz Cup" xalqaro turnirining final bahsda O‘zbekiston terma jamoasi Uganda terma jamoasi ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanets ishtirok etdi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

-Meni fikrimcha bugun judayam yaxshi o‘tkazdik, 4 ta gol urdi. Uchrashuv muxlislarga ham juda yoqdi deb o‘ylayman, chunki ular 6 ta gol ko‘rishdi. Futbolchilarni va barchani ushbu g‘alaba bilan tabliklayman. Ayniqsa birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadik. Bugun biz g‘alabaga munosib edik. Ammo raqib Uganda terma jamoasi ham oddiy terma jamoa emas edi, buni ko‘rdingiz.

Tanaffus paytida men futbolchilardan ikkinchi bo‘limda ham faollikni pasaytirmaslikni va yuqori tempda davom etish kerakligini aytdim. Biroq jismoniy tarafdan bizda biroz pasayish yuzaga keldi va raqib ba’zi vaziyatlarda buning uchun bizni jazoladi.

Bugun ajoyib o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ldi. Bu o‘yinda men juda ko‘p o‘yinchilarni sinab ko‘rdim. Bu juda muhim edi.

-Terma jamoamizning eng zaif chizig‘i bu himoya chizig‘iga o‘xshayapti. Bu borada qanday fikrdasiz?

-Fikringizga 100% qo‘shilmayman. Himoya chizig‘imiz joyida. To‘g‘ri, gollar o‘tkazib yubordik, lekin bu gollar boshqa sabablarga ko‘ra sodir bo‘ldi, himoyadagi xatolar tufayli emas.

-Bugun terma jamoa Qirg‘iz Respublikasi bilan o‘yinga qaraganda Unganda bilan yaxshiroq o‘ynadi, bu nima bilan bog‘liq?

-Bu erda aniq bir fikr bildira olmayman. Chunki Qirg‘iz Respublikasiga qarshi ham yaxshi o‘ynadik. To‘g‘ri, birinchi bo‘limda gol ura olmadik va gol o‘tkazib yubordik. Lekin bu futbolda normal holat. Bunday vaziyatlar uchrab turadi. Bugun birinchi bo‘lim ancha shiddatli kechdi, ko‘proq pas o‘ynadik, ikkinchi bo‘limda esa juda ko‘p vaziyatlar yaratdik. Birinchi bo‘limda muammolar bo‘lgani sababi, raqib himoyaga yotib oldi. Avvallari futbol bunday o‘ynalmasdi, kuchsiz jamoalar ham hujumga o‘tardi. Himoyaga yotib olish uyat hisoblanardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!