Stanislav Cherchesov: Mundialni bizga sovg‘a qilishdi, Evropa chempionatiga esa chiqishimiz kerak

  • 05.07.2019 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov jamoasi Evropa chempionatiga chiqishi shart ekanligini aytdi.

“Jahon chempionatini bizga sovg‘a qilishdi, Evropa chempionatiga esa chiqish kerak. Bizning vazifamiz strategik va taktik jihatdan o‘zgaradi”, - deydi Cherchesov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya JCh-2018da mezbon sifatida hech qanday saralash o‘yinlarisiz ishtirok etdi va yakunda chorak finalga qadar etib bora oldi.

Ayni damda Rossiya Evro-2020 saralashining "I" guruhidan joy olgan va Belgiyadan so‘ng hozircha ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!