Starrij erkin agentga aylandi

  • 02.03.2020 16:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyalik hujumchi Deniel Starrij "Trabzonspor" klubini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar o‘zaro kelishgan holda o‘rtadagi shartnomani bekor qilishgan. Shu tariqa Starrij erkin agentga aylandi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Starrij turk klubiga o‘tgan yilning yozida kelib qo‘shilgan va bir mavsumga shartnoma imzolagan edi. U bu mavsum "Trabzonspor" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!