Stol tennisi. Erkaklarimiz Frantsiya va Germaniya bilan bir guruhdan joy oldi, ayollarimiz esa...
Joriy yilning 30 sentyabr – 9 oktyabr kunlari Xitoyning Chendu shahrida o‘tkaziladigan stol tennisi bo‘yicha jamoaviy jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham erkaklar, ham ayollar dasturlarida ishtirok etadi. Qur’aga ko‘ra, jamoalar erkaklar o‘rtasida 7, ayollar bellashuvlarida esa 6 guruhga bo‘linishdi. Unda har ikki jamoamiz 2-guruhda pley-off bosqichi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradigan bo‘ldi. Batafsil:
Erkaklar, 2-guruh: Germaniya, Frantsiya, Hindiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston
Ayollar, 2-guruh: Yaponiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya, O‘zbekiston
Fikrlar