"Strandja": Sabina Boboqulova chempion!
Bolgariyaning Sofiya shahrida tashkil etilgan an’anaviy "Strandja" turnirining hal qiluvchi pallasi etib keldi. Bugun final janglari start oldi. Ushbu turnir finaliga O‘zbekistondan 8 nafar bokschi finalga yo‘l olgan.
Finalning ilk jangida -50 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sabina Boboqulova ringga ko‘tarildi. U hindistonlik Zareen Nixatga qarshi jang olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda vakilamiz 3:2 hisobida zafar quchib, "Strandja" turniri g‘olibasiga aylandi!
Oldinda yana 7 nafar bokschimiz final jangida ishtirok etadi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!



Fikrlar