"Strandja" turnirining eng yaxshi bokschilari e'lon qilindi
Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan “Strandja” turniri o‘z yakuniga yetdi.
Erkaklar ishtirokida eng yaxshi bokschilar uchligi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, uchinchi o‘rin Fazliddin Erkinboev, ikkinchi o‘rin angliyalik Damar Tomas va eng yaxshi bokschi mezbonlar vakili Radoslav Rosenovga topshirildi.
Shuningdek, musobaqaning eng yaxshi ayol bokschilari sifatida uchinchi o‘ringa Sabina Boboqulova loyiq ko‘rildi!
Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar