Suares: "Barselona"ga kelib o‘zgardim"

  • 18.11.2025 16:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares "Liverpul" va "Barselona"dagi faoliyatini esladi.

"Liverpul" ning 2013-14 yillardagi o‘yinida men katta vazifani bajarar edim. "Barselona"dagi Suares esa butunlay boshqa futbolchiga aylandi. Kataloniyaga ko‘chib o‘tganimdan so‘ng, o‘yindagi ro‘lim o‘zgardi. "Ko‘k-anorranglilar"da mayda paslar bilan o‘ynashni o‘rgandim. Bo‘shliqlar topishga harakat qila boshladim. "Liverpul"da bir o‘zim 30-40 metrga to‘p bilan yurib bora olardim. Ispaniyaga kelish esa meni o‘zgartirdi. To‘p uzatishga ko‘proq e’tibor qaratadigan bo‘ldim va buni o‘z evolyutsiyam deb hisoblayman", - dedi urugvaylik hujumchi.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli forvard joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!