Suares: "Messi bilan birga faoliyatimni yakunlashni istayman"
Luis Suares o‘zining Lionel Messi bilan bir vaqtda faoliyatni yakunlash istagi borligini ma’lum qildi.
"O‘ylaymanki, biz ikkimiz ham etarlicha katta tajribaga egamiz. Har birimiz o‘zimiz uchun to‘g‘ri bo‘lgan qarorni qabul qilamiz.
Mening holatimga kelsak, aniq ayta olmayman, lekin u bilan birga faoliyatimni yakunlashni xohlardim. Chunki bu haqda ko‘p yillar davomida gaplashib kelganmiz. Bu sodir bo‘lishi mumkin, ehtimoldan xoli emas. Biroq, bu shartnomalarning uzaytirilishiga ham bog‘liq. Har birimiz o‘z vaqtida to‘g‘ri qarorni qabul qilamiz", — deya javob berib o‘tdi urugvaylik forvard.
Eslatib o‘tamiz, har ikki futbolchining "Inter Mayami" bilan shartnomasi 2025 yil oxirida tugaydi.
Fikrlar