
Suaresning dubli "Atletiko"ga g‘alaba keltirdi (video)
Ispaniya La Ligasining 14-turida “Atletiko” o‘z maydonida “Elche”ga qarshi bahs olib bordi.
Madriddagi bellashuv 3:1 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. “Matraschilar” safida gollarni Luis Suares (41', 58') va Diego Kosta (80') kiritdi. Mehmonlarning yagona goliga Lukas Boye (64') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar